7 Dekabr 2023 yil 5422

Namangan davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Namangan viloyat IIB va Namangan davlat universiteti bilan hamkorlikda "Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!" degan bosh g‘oya asosida Universitet talabalari o‘rtasida "Mening huquq va majburiyatlarim" intellektual tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda Namangan davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetining iqtisodiyot, moliyaviy boshqaruv, menejment, turizm yo‘nalishi talabalaridan iborat tarkibda, “Kelajak liderlari”, “Adolat”, “Ibrat”, “Lochinlar” va “Renessans” jamoalari o‘zaro  bellashdilar.

Ushbu tanlov jami 3 ta bosqichdan iborat bo‘lib, test sinovlari va huquqiy bilimdonlik shartlari bo‘yicha talabalar konstitutsiyaga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Shuningdek, yakunida huquqiy savodxonlik yo‘nalishida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra faxrli birinchi o‘rinni “Ibrat” jamoasi, ikkinchi o‘rinni “Lochinlar” jamoasi, uchinchi o‘rinni esa “Adolat” jamoasi qo‘lga kiritishdi.

Tanlov g‘oliblariga, shuningdek, “Eng yaxshi sahna ko‘rinishi” nominatsiyasi bilan “Ibrat” jamoasi,  “Eng zukko huquq bilimdoni” nominatsiyasi bilan “Kelajak liderlari” jamoasi, “Eng yaxshi jamoa sardori” nominatsiyasi bilan “Kelajak liderlari” jamoasi sardori Noila Abdullajanova taqdirlandilar hamda eng yaxshi guruh rahbari Obidxon Sharifovga hamkor tashkilotlarning tashakkurnomasi topshirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech