8 Oktyabr 2025 yil 83

Namangan davlat texnika universitetida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

Yurtimizda yoshlar masalasiga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilib, ularning muammolari va takliflarini o‘rganish, ularni hal etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan yoshlarning muammoli murojaatlarini o‘rganish, ularni ijobiy hal etish hamda ularning faolligini oshirishga qaratilgan sayyor qabullar, uchrashuvlar va ochiq muloqotlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Navbatdagi “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” Namangan davlat texnika universitetida o‘tkazildi. Tadbirda viloyatning 14 ta shahar va tumanlaridan 200 nafarga yaqin yigit-qizlar hamda universitet talabalari ishtirok etishdi.

Dastlab, boshqarma boshlig‘i yoshlar bilan muloqot chog‘ida bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi hamda zamonaviy bilimlarni egallashi uchun barcha sharoitlar yaratilganini ta’kidladi. Shu bilan birga, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlar O‘zbekiston nomini jahon miqyosida munosib targ‘ib etayotganini alohida qayd etdi.

Samimiy va ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuv davomida yoshlar o‘z murojaatlarini bildirishdi. Yechimini kutayotgan masalalarning aksariyati joyning o‘zida hal etildi, ayrim murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech