Namangan shahridagi ichki ishlar organlari xodimlari va ijtimoiy soha obyektlarining tungi faoliyati o‘rganildi
Viloyat IIB rahbariyati tomonidan tizimli ravishda amalga oshirilayotgan o‘rganishlar natijasida tungi xizmat samaradorligi oshib, o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Jumladan, boshqarma boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruh Namangan shahrida bo‘lib, tungi xizmat yo‘nalishlari hamda ijtimoiy soha obyektlarining faoliyati atroflicha o‘rganildi.
Dastlab, “Boburshoh” ko‘chasida joylashgan “Talabalar turar joyi”da olib borilgan o‘rganish jarayonida talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning xavfsizligi va borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar o‘rganildi. Shuningdek, mazkur obyekt uchun masʼul profilaktika inspektorlari bilan hamkorlik tizimi tahlil qilindi.
Bundan tashqari, “Lola”, “Boburshoh”, “Bo‘ston”, “Haqiqat”, “Ilg‘or”, “Zarbdor”, “Ziyokor” va “Qadamjo” mahallalarida xizmat olib borayotgan patrul-post xizmati xodimlariga yo‘riqnoma o‘tkazilib, xizmat intizomi hamda fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash borasida aniq ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, “Obihayot”, “Nurafshon”, “Baynalminal”, “Ravnaq” va “Dashtbog‘” mahallalariga xizmat ko‘rsatuvchi 1-son “Huquq-tartibot maskani” xodimlarining tungi faoliyati o‘rganilib, jinoyatchilikning oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlash va fuqarolar bilan ishlash samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shu bilan birga, “Sardoba”, “Zarkent”, “Zarafshon”, “Mehribonlik”, “Majnuntol”, “Yangiobod”, “Alpomish” va “Obod” mahallalarida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari, patrul-post xizmati hamda Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari, shuningdek, shahar markaziy ko‘chalarida harakat xavfsizligini taʼminlayotgan yo‘l patrul xizmati inspektorlariga ham yo‘riqnoma o‘tkazilib, ularning faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati