22 Noyabr 2023 yil 3534

Namangan shahrida o‘tkazilgan reydlar natijasida 98 nafar piyodalarga maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi

Davlatobod tumanining Islom Karimov ko‘chasida sutka davomida bir necha minglab avtomashinalar uzluksiz harakatlanadi. Ushbu yo‘lda piyodalar va haydovchilarning xavfsiz harakati uchun zarur sharoitlar mavjud. Biroq ayrim qanoatsiz piyodalarning o‘zlari uchun belgilangan yo‘l qolib, belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tishlari ko‘ngilsiz hodisalarni yuzaga keltirmoqda. Shu boisdan ayni shu ko‘chada kuchaytirilgan tartibdagi reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Inspektorlar tomonidan yo‘lning qatnov qismidan kesib o‘tayotgan piyodalarning harakatlari ularning hayoti uchun xavfli ekanligi tushuntirilib, boshqa bu holatni takrorlamasliklari uchun maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Reydlar davomida belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tgani yetmagandek, telefonda muloqot qilib kelayotgan piyodalar ham inspektorlar tomonidan hushyorlikka chaqirildi va qonuniy tarzda choralar ko‘rildi.

Shu kuni o‘tkazilgan reydlar natijasida Yo‘l harakati qoidalarinnig tegishli bandlarida ko‘rsatilgan qoidalarni buzib harakatlangan 98 nafar fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 138-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati

Text to speech