3 Avgust 2024 yil 6212

Namangan shahrida “Mahallabay” ishlash tizimi doirasida bir qator samarali chora-tadbirlar amalga oshirilib kelmoqda

Namangan shahar “Obi-hayot” huquq-tartibot maskaniga jalb etilgan xodimlar tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarlikni barvaqt oldini olish, jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Tadbir davomida mahalla hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish nazorat ostidagi shaxslarni qayta jinoyat sodir etishiga yo‘l qo‘ymaslik va oila turmush doirasidagi nizolarni bartaraf etish maqsadida mutaxassislar ishtirokida aholi xonadonlariga tashrif buyurib nizoli oilalarni yarashtirish, ishsiz aholining bandligini taʼminlash hamda aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rib kelinmoqda.

Bundan tashqari IIOlari xodimlari tomonidan maskan hududida jamoat tartibini saqlash transport vositalarini tartibli harakatini taʼminlash hamda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarini oldini olish maqsadida targ‘ibot va reyd tadbirlari amalga oshirilmoqda. Mahalla hududidagi mavjud ko‘p qavatli uylar va barcha korxona tashkilotlar kuzatuv kameralari va tashvish tugmalari bilan jihozlanib profilaktika inspektorining xizmat xonasiga integratsiya qilish bo‘yicha ishlar tashkil etilmoqda.


Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech