22 Aprel 2025 yil 86

Namangan shahrida fuqaroning yonidan giyohvand modda topildi

Joriy yilning 17-aprel kuni Namangan shahar Ichki ishlar boshqarmasi 2-son IIB xodimlari tomonidan "Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor-profilaktik tadbirlari davomida Chorsu mahallasi hududida Namangan shahrida yashovchi yashovchi,1989 yilda tug‘ilgan Sh.A o‘zining yonida 0,36 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzurida Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech