19 Noyabr 2025 yil 41

Namangan shahrida aholi osoyishtaligini taʼminlashga jalb etilgan xodimlarning tungi faoliyati o‘rganildi

Boshqarma rahbariyati tomonidan hududlarda munatazam ravishda olib borilayotgan o‘rganish ishlari jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari Namangan shahrida davom etib, unda xodimlarning tungi xizmati faoliyati atroflicha tekshirildi.

O‘rganishlar jarayonida dastlab shahar markazida xizmatni qilayotgan tungi naryadlar bilan yo‘riqnoma o‘tkazildi. Unda xodimlarga xizmat intizomiga qatʼiy rioya etish, hududda jamoat xavfsizligini barqaror saqlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olish, aholining osoyishtaligini taʼminlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi hamda xizmatga yo‘naltirildi.

Shuningdek, “Gulbog‘” mahallasi profilaktika inspektori va 6-son "Huquq-tartibot maskani" hamda "Jamoatchilik nazorati maskani" faoliyati bilan tanishilib, mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlash, aholi muammolarini o‘rganish va ularga samarali yechim topish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, savdo obyektlari egalari bilan suhbatlashilib, xavfsizlik chora-tadbirlari bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Bu kabi o‘rganishlar viloyatning har bir hududida bosqichma bosqich davom etib kelmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech