1 Noyabr 2023 yil 1522

Namangan shahri ko‘chalarida velosipedchilar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Namangan viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan Namangan shahri hududida velosipedchilar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari olib borildi.

Targ‘ibot davomida velosipedchilarga harakat vaqtida belgilangan yo‘laklardan yurishlari, tungi vaqtlarda esa nur qaytargichli kamzulda yoki nur qaytaruvchi elementlar bo‘lgan ustki kiyimda bo‘lishlari, shuningdek boshqaruvchidagi velosipedlarini old va orqa tomonida nur qaytaruvchi vositalar bilan jihozlanishi shartligi tushuntirildi.

Targ‘ibot yakunida velosipedchilarga nur qaytargichli kamzullar tarqatildi.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati 

Text to speech