31 Oktyabr 2023 yil 1119

Namangan shahri ko‘chalarida "Diqqat, piyoda" oyligi doirasida reyd va targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda

Namangan viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan yo‘llarda piyodalar bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida reyd va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shaharning transport vositalari serqatnov ko‘chalarida o‘tkazilgan navbatdagi reydlar natijasida yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan fuqarolar to‘xtatilib, ularga yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari va unda keltirilgan piyodalarning huquq hamda majburiyatlari tushuntirildi.

Reydlar davomida belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyodalarga nisbatan belgilangan tartibda qonuniy choralar ko‘rildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech