1 Noyabr 2023 yil 1494

Namangan shahar hududidagi korxona, tashkilot va muassasalarning tungi nazoratchilari bilan yig‘ilish o‘tkazildi

Namangan viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi, shahar IIO FMB, shahar hokimligi, Qo‘riqlash boshqarmasi hamda Maktab va maktabgacha taʼlim boshqarmasi vakillari tomonidan shahar hududida joylashgan korxona, tashkilot hamda muassasalarning tungi nazoratchilari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda dastlab, “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun mohiyati va unda belgilangan vazifalar borasida batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, nazoratchilarga qo‘riqlanadigan obyektlarda jinoyat va huquqbuzarliklar, shubha uyg‘otuvchi yoki qidiruvdagi shaxslar, jamoat xavfsizligiga xavf solayotgan boshqa vaziyatlar to‘g‘risida ichki ishlar organlari hamda Qo‘riqlash boshqarmasiga tezkor xabar berish tartibi tushuntirildi.

Yig‘ilish davomida har bir nazoratchi xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya qilishi, tungi vaqtlarda nur qaytaruvchi maxsus jilet kiyishi va albatta yoritgichlar hamda boshqa kerakli buyumlari soz holda bo‘lishi lozimligi alohida taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida mavzuga doir fikr, taklif va murojaatlar ham o‘rganildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech