Namangan shahar prokurori va shahar IIB boshligʻining shahar aholisiga murojaati
Aziz yurtdoshlar, shahrimiz mehmonlari!
Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda barcha
sohalarda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Zero, bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda qonunlar
qogʻozda emas, amalda qatʼiy bajarilishi, yurtdoshlarimiz ularning natijasini
kundalik hayotida doimo his qilishi zarurligiga muhim eʼtibor qaratilmoqda.
Albatta, bunday natijalarga erishishda barcha sohalarda qonun
va adolat ustuvorligini taʼminlash, tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash
faoliyatimizning asosiy mezoni hisoblanadi.
Ayniqsa, bu jarayonda, biz huquqbuzarliklarni oldini olish,
jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi oʻz ishimizni yangicha asosda
tashkil etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni aniq belgilab oldik.
Aziz Namangan shahar ahli!
Biz jinoyatchilikni jilovlash, kriminogen vaziyatni barqaror
saqlashdek katta maqsadlarni oʻz oldimizga qoʻyganmiz.
Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda
respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning
barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha
chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1-son Qarori asosida jinoyatlarning sabablarini
“mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish tartibi, mahallalarni kriminogen
darajasida toifalash tizimi, “mahalla yettiligi” instituti, “ijtimoiy
profilaktika” tamoyili asosida huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini
amalga oshirish orqali aholida xavfsizlik hissini shakllantirish borasida qator
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qarorga muvofiq har bir mahallada huquqbuzarlikning erta
oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha yangi mexanizm
joriy etildi, shahar prokuraturasida idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtab
tomonidan qator ishlar amalga oshirildi.
Qaror ijrosi doirasida shahardagi jami 62 ta mahallaning
kriminogen vaziyati ogʻir 8 ta mahallasiga biriktirlgan rahbarlar tomonidan
ishlar izchil davom ettirildi.
Barcha mahallalarda 2025-yilning 2-choragiga moʻljallangan “yoʻl
xaritalari” ijrosi doirasida:
-mahallalardagi aholi gavjum joylarga 259 ta, bozor va savdo markazlariga
yuzni va avtomobil raqamini tanib oluvchi 8 ta, jami 267 ta kameralar
oʻrnatildi;
-koʻp qavatli uylarning eshiklariga 68 ta domofonlar, uylarning kirish
yoʻlaklariga 45 ta tashvish tugmalari oʻrnatildi, 530 ta savdo muassasalari va
xonadonlar tezkor qoʻriqlovga olindi;
-mahallalarda 28 ta “namunaviy xavfsiz koʻcha” hamda 50 ta “namunaviy
xavfsiz yoʻlak” tashkil etildi, ichki yoʻllar va koʻchalar 42 ta yoritish
vositalari bilan taʼminlandi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida qidiruvda boʻlgan 3 nafar, jazodan
boʻyin tovlab kelayotgan probatsiya hisobidagi 3 nafar shaxslar hamda olib
qochilgan 3 ta transport vositalari ushlandi, bedarak yoʻqolgan 9 nafar
shaxslar topilib, 38 ta jinoyatlar “issiq izi”dan fosh etildi.
Qarorga asosan hududlarda kriminogen vaziyat hamda
jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha kunlik soʻrov va har bir jinoyatni obyektiv va subyektiv
sabablarini tahlil qilish yoʻlga qoʻyilib, jinoyatchilikka qarshi kurashish
faoliyati samaradorligini oshirishda sohaviy nazorat kuchaytirildi.
Joriy yilning oʻtgan davr davomida 25 ta oʻrganishlar oʻtkazilib, qonunbuzilishiga
yoʻl qoʻyilgan holatlari yuzasidan belgilangan tartibda joylarga 110 ta
taqdimnomalar kiritildi.
Taqdimnomalar muhokamasi natijasida mahallada oldini olish mumkin boʻlgan
jinoyatlarni kelib chiqishiga sababchi boʻlgan 37 nafar mansabdor shaxslar
intizomiy javobgarlikka tortildi.
Aziz yurtdoshlar!
Shu oʻrinda, kriminogen vaziyatga taʼsir koʻrsatuvchi jinoyatlarning ayrim
turlariga ham toʻxtalib oʻtmoqchimiz.
Shaharda joriy yilning oʻtgan davrida oldini olish mumkin boʻlgan
jinoyatlar 172 tani tashkil etib, ularning 132 tasi yoki 76 foizi 4 turdagi,
yaʼni, oʻgʻrilik, firibgarlik, tan jarohati yetkazish va yoʻl-transport
hodisalarini tashkil etgan.
Shu bilan birga, mahallarlarda oʻgʻrilik (74 ta), bezorilik (14), tan
jarohati yetkazish (15) jinoyatlarining salmogʻi yuqoriligicha qolmoqda.
Bundan tashqari, voyaga yetmaganlar (9-15), ayollar (6-17), yoshlar
(33-51), guruhlar (11-13), mast holda (5-6) va muqaddam sudlanganlar (7-17)
jinoyatlari oshgan.
Mahallalarda oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar tahlili, ijtimoiy
profilaktika obyekti boʻlgan shaxslar bilan manzilli profilaktik tadbirlar
oʻtkazilishiga alohida eʼtibor qaratdik.
Bu jarayonga, mutasaddi idoralar va keng jamoatchilikni jalb qildik.
Natijada, oʻtkazilgan oʻrganishlarda kriminogen vaziyati ogʻir
mahallalarda 138 ta ijtimoiy koʻmakka muhtoj xotin-qizlar aniqlanib, ularning
muammolarini hal qilish boʻyicha 123 ta choralar koʻrildi.
Bulardan tashqari, 1.324 nafar ishsizlardan 687 nafari ishga
joylashtirildi, 434 nafari kasbga oʻqitildi, 203 nafari esa, kasbga yoʻnaltirildi.
Ushbu jarayondan muqaddam sudlangan va maʼmuriy nazoratdagi shaxslar ham
chetda qolmadi.
Ularning 4 nafari kasb-hunarga oʻqitildi, 3 nafarining bandligi
taʼminlandi, 6 nafarining ijtimoiy muammolari hal etildi.
Shu kabi, voyaga yetmaganlar jinoyatiga favqulodda holat sifatida qaralib,
ularga taʼlim va tarbiyani berishda majburiyatlarini bajarmagan ota-ona hamda
yashash va oʻqish joylaridagi (mahalla yettiligi) mutasaddilarining
javobgarligi kuchaytirildi.
Taʼlim muassasalari va jamoat joylarida masʼullar profilaktik (davomat,
tigʻ va reyd) tadbirlarida uzoq muddatga ketgan 1578 nafar bolalar, muntazam
dars qoldiruvchi 85 nafar, tarbiyasi ogʻir 15 nafar oʻquvchilar aniqlandi.
Ularning 85 nafari maktablarga qaytarildi.
Qolaversa, hokimlik va mahalla faollari bilan birgalikda ota-ona
qaramogʻidan mahrum boʻlgan hamda boquvchisini yoʻqotgan bolalarning 12 ta
muammosi hal qilindi.
Maktabgacha va maktab taʼlim muassasalarining kirish-chiqish joylariga
xavfsizlikni taʼminlovchi 19 ta zamonaviy kameralar oʻrnatildi.
Hurmatli fuqarolar!
Prokuratura organlari tomonidan Prezidentimiz talab qilayotgan,
jinoyatlarning oqibatlari bilan emas, balki ularning sabablarini,
huquqbuzaliklarga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etishni ustuvor
vazifa sifatida belgilab olingan.
Bunda, mahallalarda huquqbuzarlik omillarini aniqlashga eʼtiborimizni
kuchaytiramiz, jinoyat sodir etgan va bunga moyilligi bor fuqarolar bilan
manzilli ishlash choralarini davom ettiramiz.
Huquqbuzarlik va jinoyatga sabab boʻlayotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va
psixologik muammolarni hal qilishga, har bir fuqaroda “jinoyatchilikka qarshi
immunitet”ni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratamiz.
Aziz hamyurtlar!
Huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashda biz
nuroniylarimizga, mahalla faollariga, turli mehnat jamoalaridagi vatanparvar
insonlarga, ularning amaliy yordami va faol hamkorligiga tayanamiz.
Aziz yurtdoshlar, keling, barchamiz shu yoʻlda muhtaram Prezidentimizga
kamarbasta boʻlib, Namangan shahrini jinoyatchilikdan holi hududga
aylantirishda birgalikda munosib hissa qoʻshaylik.
Namangan shahar prokurori K.Axmadjanov va shahar IIB boshligʻi
U.Abduvaliyev