8 Oktyabr 2025 yil 67

Namangan shahar IIB xodimlarining jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishdagi faoliyati muhokama qilindi

Namangan viloyati IIB boshlig‘i huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda Namangan shahar IIB rahbariyati va sohaviy xizmatlar boshliqlari ishtirok etib, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, “Xavfsiz hudud – dolzarb 20 kunligi” keng qamrovli profilaktik tadbirlari natijalari tanqidiy ruhda tahlil qilindi.

Muhokama davomida sohaviy xizmat rahbarlarining o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha hisobotlari tinglanib, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va kriminogen vaziyat barqaror saqlash, kunduzgi va tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar faoliyatining samaradorligini oshirish, jinoyatchilikka sabab bo‘layotgan omillarni erta aniqlash hamda ularning oldini olish bo‘yicha aniq topshiriq hamda vazifalar belgilab berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech