Namangan shahar IIB boshligʻining shahar aholisiga murojaati
Qadrli otaxon va onaxonlar! Aziz yoshlar! Hurmatli hamshaharlar!
Soʻnggi yillarda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich
rahbarligida “Inson qadri uchun” ezgu gʻoyasi asosida hududlarni ijtimoiy —
iqtisodiy rivojlantirish, aholi yashash sharoitlari hamda mahallalar qiyofasini
tubdan yaxshilash, aholining muammolarni tezkorlik bilan hal etish, bir soʻz
bilan aytganda, xalqni rozi qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuni taʼkidlash joizki, barcha idora va tashkilotlar hamda
xalqimiz bilan birgalikda barcha sohalarda qonuniylikni mustahkamlash,
jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida muayyan ishlar amalga
oshirildi.
Amalga oshirilgan ishlar va koʻrilgan choralarga qaramasdan
shaharda oʻtgan 4 oyda oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar 2024-yilning
mos davriga nisbatan 42 taga (130/172) yoki 32,3 foizga, koʻpaygan.
Biroq, yaratib berilgan imkoniyatlarga qaramasdan ayrim
shaxslar noqonuniy yoʻllar bilan boylik orttirish, fuqarolarni aldash va boshqa
vositalar orqali ularning mol — mulkini
egallashga urinishmoqda.
Ayniqsa, internet tarmogʻidan foydalangan holda fuqarolarga
har xir turdagi taʼsir oʻtkazish orqali hisob raqamlaridagi pul
mablagʻlarini egallash holatlari koʻplab uchramoqda.
Oʻtgan davrda, shaharda 177 ta kiberjinoyatlar, (88 ta 168 m,
82 ta 169 m) qayd etilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 166 taga (11/177)
yoki 100 foizga koʻpayib, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari
qoʻzgʻatilgani buning yaqqol isbotidir.
Bundan tashqari, 32 nafar yoshlar tomonidan 31 ta jinoyatlar sodir etilganligi tashvishlidir.
Achinarlisi, oilalardagi muhitni yaxshilash, ayniqsa, xotin — qizlarning
muammolarini oʻrganib, hal etishga alohida eʼtibor qaratilayotgan bir vaqtda 16
nafar xotin — qizlar tomonidan 14 ta jinoyatlar sodir etildi.
Bundan tashqari, ayrim fuqarolarimizning beparvoligi oqibatida oʻzlariga
tegishli mol — mulklar – texnika vositalari, chorva mollari yoki uy atroflarini
qarovsiz qoldirgani oqibatida oʻgʻrilik jinoyatlari sodir etilishiga imkoniyat
yaratib berayotgani ham
ayni haqiqat.
Oqibatda, oʻtgan davrda 74 ta oʻgʻrilik, shaxslarning jamiyatda yurish
qoidalarini buzib, boshqalarning sogʻligiga ziyon yetkazganligi boʻyicha 5 ta
ogʻir, 5 ta yengil tan-jarohati yetkazish jinoyatlari qayd etildi.
Shuningdek, yoʻllarda avtomashinalar soni kundan — kunga ortib,
haydovchilarning masʼuliyatini oshirmoqda.
Hurmatli yurtdoshlar !
Shu sababli, kelgusida hal etilishi lozim boʻlgan koʻplab masalalar borligini barchamiz yaxshi tushunamiz.
Bundan kelib chiqqan holda masʼul idoralar va keng jamoatchilik bilan
hamkorlikda quyidagi yangi tadbirlarni amalga oshirish yoʻlga qoʻyilganini maʼlum qilmoqchiman.
Jinoyatlarning oldini olish, viloyatda kriminogen vaziyat barqarorligini
taʼminlash boʻyicha kuchaytirilgan ish tartibi
joriy etildi.
Shu maqsadda, mahallalardagi aholi gavjum joylarga 200 ta, koʻp qavatli
uylarning hovlisiga 360 gradus aylanuvchi 15 ta, mahallalarning asosiy
kirish-chiqish joylariga 50 ta, bozor va savdo markazlariga yuzni va avtomobil
raqamini tanib oluvchi 10 ta, Mahallalardagi maktab va maktabgacha taʼlim
muassasalarining kirish-chiqish joylariga (tashqi tomonda) 23 ta
PTZ-kameralari, Mahallalardagi maktablarning ochiq sport maydonlariga 9 ta
PTZ-kameralari, jami boʻlib 307 ta kameralar,
-koʻp qavatli uylarning eshiklariga 96 ta domofonlar, uylarning kirish
yoʻlaklariga 33 ta tashvish tugmalari oʻrnatildi, 64 ta savdo muassasalari va
700 ta xonadonlar tezkor qoʻriqlovga olindi.
-mahallalarda 35 ta “namunaviy xavfsiz koʻcha” hamda 99 ta “namunaviy
xavfsiz yoʻlak” tashkil etildi, ichki yoʻllar va koʻchalar 95 ta yoritish
vositalari bilan taʼminlandi.
Natijada, mazkur vositalar kirminogen vaziyatni nazorat qilish, sodir etilgan
jinoyatlar boʻyicha shaxslarni tezkorlik bilan izlab topish hamda jinoyatga
jazo muqarrarligi taʼminlashga salmoqli hissa qoʻshmoqda.
Bundan tashqari, sodir etilgan jinoyatlarni har kuni tezkor tahlil qilib,
manzilli tadbirlarni belgilash, kunlik soʻrov va nazorat tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Shu bilan birgalikda, tergov sifati yanada oshiriladi,bu jarayonlarda
inson huquq va erkinliklari poymol etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qaysi idorada boʻlmasin, har bir tekshiruv hamda tergov ishi ichki ishlarning kundalik va qatʼiy
nazoratida boʻladi.
Bundan buyon korrupsiyaga qarshi kurashish borasida barcha davlat va
nodavlat tuzilmalari, hokimliklar, keng jamoatchilik vakillari bilan
hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqamiz, jamiyatning barcha qatlamlari
salohiyatini birlashtirish yoʻlidan boramiz.
Jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasizlik muhitini shakllantirishning barcha choralarini koʻramiz.
Albatta, shaharimizda jinoyatchilik va korrursiyaning oldini olishda,
umuman barcha sohalarda qonuniylikni taʼminlashda, eng avvalo, mahalla ahli,
yoshlar va nuroniy tashkilotlar faollariga, turli mehnat jamoalaridagi jonkuyar
va vatanparvar insonlarga, ularning amaliy yordami va hamkorligiga tayanamiz.
Agarda har bir fuqaro shaharimizni jinoyatdan, korrupsiyadan holi, tinch
va xavfsiz oʻlkaga aylantirishga oʻz hissasini qoʻshsa, barchamiz bir tanu bir
jon boʻlib, birgalikda kurashsak koʻzlangan maqsadga albatta erishamiz.
Qadrli hamshaharlar !
Jinoyatchilikning oldini olishda har birimiz xushyorlikni oshirishimiz,
shubhali internet ilovalariga kirmaslik, notanish shaxslarga hisob raqamlar va
tasdiqlash kodlarini bermaslik, mol — mulklarni qarovsiz qoldirmaslik lozimligi
haqida yana bir bor ogohlantirib oʻtmoqchiman.
Qonunlarga qatʼiy rioya etish, oʻzgalar huquqi, shaʼni va qadr qimmatini,
mol — mulki daxlsizligini hurmat qilish, oila mustahkamligini taʼminlash,
jamiyatda yurish — turish qoidalariga rioya qilish, ham qonuniy, ham insoniy
burchimiz ekanini ham doimo yodda tutishimiz zarur.
Aziz hamshaharlar, keling, barchamiz shu yoʻlda muhtaram Prezidentimizga yelkadosh boʻlib, qonun ustuvor, adolat hukmron boʻlgan jamiyatni birgalikda barpo etaylik !
Umarjon Abduvaliyev
Namangan shahar IIB boshligʻi