25 Iyul 2025 yil 189

Namangan shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimlarining faoliyati o‘rganildi

Bugun viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan shahar IIB xodimlarining o‘tgan davr mobaynida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash borasidagi faoliyati chuqur tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalari muhokama qilindi hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan masʼullar ogohlantirildi.

O‘rganishda shahar IIB rahbariyatining kelgusidagi belgilangan chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimoti bilan tanishilib, bu bo‘yicha axboroti tinglandi.

Shuningdek, shahar hududidagi “qizil” toifadagi mahallalarda manzilli ishlarni tashkil etish, jamoat xavfsizligini taʼminlash, ayollar va yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilikni oldini olish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda tirbandliklarni oldini olish bo‘yicha masʼul rahbar va xodimlarga aniq topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech