15 Oktyabr 2021 yil 346

Na pul qaytarildi, na olingan uskuna va buyumlar

2021 yil 13 sentyabr' kuni, Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2019 yil fevral' oyida tanishi, Namangan shahrida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, paxta titish uskunasini 28.000.000 so‘mga, 4 dona televizorlarni 12.000.000 so‘mga sotib olishga kelishib, undan tashqari 9.750.000 so‘m pullarini olib, olgan narsalarini ikki oy ichida berishini aytib, hozirgi kunga qadar aldab kelayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 12 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech