6 Aprel 2023 yil 347

Muzqaymoq do‘konidan o‘g‘irlangan mebel egasiga qaytarildi.

2023 yil 3 aprel kuni Namangan shahrida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 19 mart kuni soat 12:30 larda nomaʼlum shaxs Namangan shahar Obihayot MFYda joylashgan muzqaymoq do‘konidan narxi 260 AQSH dollari bo‘lgan mebel jihozlarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB EKM katta inspektori tomonidan voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida olingan qo‘l barmoq izlari viloyat IIB EKMda mavjud bo‘lgan avtomatlashtirilgan shaxsni identifikatsiya qilish tizimida tekshirilganda, ushbu qo‘l barmoq izlari Namangan shahar Gulpora MFYda yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaroning qo‘l barmoqlariga mos ekanligi aniqlangan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahar Gulpora MFYda yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlanib, undan daliliy ashyo (mebel jihozlari) olingan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech