Musobaqada Namangan viloyati 1-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabr' kungi "Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni, ”O‘zbekiston Respublikasi IIVning “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining Patrul'-post xizmati xodimlari o‘rtasida xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i talablari asosida joriy yilning 4-6 dekabr' kunlari “Namunali patrul'-post xizmati xodimi” va “Namunali patrul'-post xizmati qism komandiri” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi Namangan viloyatida yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Ushbu ko‘rik-tanlov sakkizta bosqich, ya'ni test sinovi, Saf tayyorgarligi, suzish, qo‘l jangi, to‘sinda tortilish, 100 va 3000 metrga yugurish xamda o‘q otish shartlaridan iborat bo‘lib, unda 35 yoshdan oshmagan 84 nafar PPX xodimlari o‘zlarining jismoniy va aqliy bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Final bosqichining yakuniy natijalariga ko‘ra “Namunali patrul'-post xizmati qism komandiri” nominasiyasi bo‘yicha;
1-o‘rinni Surxandaryo viloyati IIB PPXB qism komandiri, 2-o‘rinni Namangan viloyati va Jizzax viloyati, 3-o‘rinni Farg‘ona, Qashqadaryo, Toshkent, Navoiy viloyatlari IIB PPXB qism komandirlari qo‘lga kiritishdi.
“Namunali patrul'-post xizmati xodimi” nominasiyasi bo‘yicha;
1-o‘rin Namangan viloyati, 2-o‘rin Farg‘ona, Navoiy viloyatlari, 3-o‘rin Toshkent shahar, Buxoro, Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakillariga nasib etdi.
Umumiy hisobda: Namangan viloyati – 1-o‘rinni, Surxondaryo viloyati – 2o‘rinni,
Toshkent shahar esa 3-o‘rinni egalladilar.
Ko‘rik tanlovda ishtirokchilar shuningdek, aloxida nominasiyalar bo‘yicha rag‘batlantirildilar. G‘oliblarga musobaqa kubogi, qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari taqdim etildi.
Bu kabi musobaqalar va ko‘rik –tanlovlar xodimlarning nafaqat aqliy va jismoniy shayligini rivojlantiribgina qolmay, ularning ish faoliyatlari samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiluvchi motivasiya xam berishi shubhasiz.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati