Mushtlashuvda jarohat olgan fuqaro shifoxonaga yotqizildi.
Joriy yil 19 may kuni soat 07:35da, shifoxonadan tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 05:00 larda, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan yigit 1994 yilda tug‘ilgan mahalladoshi bilan birgalikda, Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaroni vaqtincha yashab kelayotgan uyiga borib, “Nega opam bilan gaplashib yuribsan”-deb, u bilan o‘zaro janjallashib, o‘zi bilan olib kelgan kastet bilan uning yuz qismiga urgan.
So‘ngra, sherigi bilan fuqaroning bosh va yuz qismlarini urib-do‘pposlab, shu yerda bo‘lgan belkurakni olib, yog‘och qismi bilan uning badanini turli joylariga urib, tan jarohati yetkazganlar.
Natijada, jabrlanuvchi bosh miya og‘ir yopiq shikasti, bosh miya lat yeyishi, yuqori miya, boshni ensa, o‘ng chekka sohalari lat yeyishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ikki yigit ham O‘z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlanganlar.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati