Murojaat yuzasidan munosabat.
Joriy yilning 13 oktyabr' kuni fuqaro Jo‘raeva Marg‘ubaning “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi “Ona shaxrim Namangan” guruxiga “Tegishli tashkilotlar e'tibor berishadi deb umid qilamiz” sarlavxasi ostida videomurojaati yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy ma'lumoti. 2020 yil 1 avgust' kuni soat 1830lar chamasida Namangan shahar IIO FMB 1-sonli navbatchilik qismining bergan xabariga ko‘ra, Namangan shahar Yangi tong MFY 5-kichik tumani 76-uydgi xonadonlardan birida janjal bo‘layotganligi yuzasidan shu uyda yashovchi fuqarolar tomonidan xabar kelib tushgan. Voqea joyiga xudud profilaktika inspektori J.Qobulov yetib borganda, fuqarolar G‘.N., G‘.Sh., J.D., Q.A., Sh.Sh.lar o‘zaro tortishib turishganligi ma'lum bo‘lgan.
Fuqaro D.J. Sh.G‘.ning voyaga yetmagan farzandi I.A.ni bir shapaloq urib tan jaroxati yetkazganligi sababli, uni yashash xonadoniga fuqarolar Sh.G‘. uning onasi N.G‘. va jiyani Sh.Sh.lar borib, “Farzandimni nima sababdan urding” deb, o‘zaro tortishib, bir-birlarini xaqorat qilib janjallashib ketishgan. Ularning janjalini eshitgan qo‘shnilar IIBga xabar berishgan. Profilaktika inspektori J.Qobulov fuqaro A.Q.ni o‘zi bilan suxbatlashish uchun tayanch punktiga olib ketgan, ayollar janjallashib ketmasliklari uchun D.J.ni uyida qoldirib, profilaktika inspektori yordamchilariga Sh.G‘. N.G‘. va Sh.Sh.ni tayanch punktiga olib borishlarini aytgan, lekin ular D.J.ning oldiga qaytib chiqib yana janjal qilishgan. Profilaktika inspektori yordamchilari ularni tinchlantirib tayanch punktiga olib borishgan. 43-sonli tayanch punktida xolat yuzasidan tomonlardan ariza va tushuntirish xatlari olingan va tegishli xujjatlar rasmiylashtirilgan. Fuqarolar N.G‘. Sh.G‘. D.J. va A.Q.lar O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi va 52-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganliklari sababli ularga nisbatan tegishli tartibda xujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy xal etish uchun 9 oktyabr' kuni Namangan shahar Ma'muriy sudiga yuborilgan, sud to‘plangan xujjatlarni qo‘shimcha surishtiruvga yuborish uchun olib qolgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati