Muqaddam sudlangan shaxslar o‘g‘irlikka qo‘l urdi
2021 yil 5 oktyabr' kuni, Chortoq tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 09:30 larda noma'lum shaxs, yashash uyiga darvozasi ochiq qolganligidan foydalanib kirib, darvozaxonasi oldida turgan narxi 400.000 so‘mlik bir dona gaz balonini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tergovchisi va HPMB katta profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chortoq tumanida yashovchi, 2-guruh nogironi, 1981 yilda tug‘ilgan va Chortoq tumanida yashovchi, 2018 yilda O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi va 228-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 1971 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 166-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati