1 Mart 2021 yil 400

Muqaddam sudlangan shaxs yana o‘g‘irlikka qo‘l urdi.

Joriy yil 26 fevral' kuni, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yil 25 fevral' kuni soat 13:30 dan soat 14:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, yashash uyi oldida qarovsiz qoldirgan narxi 1.550.000 so‘mlik velosipedini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan viloyati xududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, tuman IIB HPB TP profilaktika inspektori va JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, muqaddam O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech