Muqaddam sudlangan shaxs yana o‘g‘irlik sodir etdi.
2021 yil 17 sentyabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 16 sentyabr' kuni soat 10:30 larda noma'lum shaxs, Namangan shahrida joylashgan markaziy dorixona oldida narxi 1.500.000 so‘mlik velosipedini qarovsiz qoldirganligidan foydalanib, o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2017 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 17 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati