Muqaddam sudlangan shaxs yana jinoyat sodir etdi.
2021 yil 3 sentyabr' kuni, Norin tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 2 sentyabr' kuni soat 16:00 larda noma'lum shaxs, yashash uyiga eshik qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, xonada bo‘lgan umumiy narxi 2.000.000 so‘mlik ikki dona gilamlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Norin tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Norin tumanida yashovchi, 2018 yilda O‘z.R JKning 226-moddasi 2-qismi sudlangan, 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 4 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati