21 Sentyabr 2021 yil 367

Muqaddam sudlangan shaxs yana jinoiy javobgarlikka tortildi.

2021 yil 18 sentyabr' kuni, Norin tumanida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 17 sentyabr' kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, yashash uyiga eshigini buzish yo‘li orqali kirib, umumiy narxi 5.620.000 so‘mlik 1 dona payvandlash uskunasi, 1 dona bolgarka, 1 dona perforator, 1 dona shrupavyort, 15 metr elektr kabellarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Norin tuman IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Norin tumanida yashovchi, 2018 yilda O‘z.R JKning 226-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 18 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech