Muqaddam sudlangan shaxs qayta o‘g‘irlik jinoyatiga qo‘l urdi.
Shu yil 22 iyun' kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 14 iyun' kunidan 21 iyun' kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, Norin maishiy xizmat ko‘rsatish texnikumi omborxonasidan texnikum xisobida bo‘lgan umumiy narxi 13.805.000 so‘mlik 4 dona elektrodvigatel', 1 dona suv nasosi, 1 dona havo xaydash vintelyatorlarini o‘g‘irilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Norin tuman IIB JQB tezkor vakili va HPB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Norin tumanida yashovchi, 2009 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 4-qismi va 276-moddasi 2-qismlari bilan sudlangan, 1964 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 23 iyun' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati