20 Oktyabr 2021 yil 363

Muqaddam sudlangan shaxs qayta jinoyatga qo‘l urdi

2021 yil 12 oktyabr kuni, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 11 oktyabr' kuni soat 14:00 dan soat 17:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, o‘zi yashab kelayotgan ko‘p qavatli uyning omborxonasida bo‘lgan narxi 650.000 so‘mlik “SHIMGE” rusumli suv nasosini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatini, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2014 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 13 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech