Muqaddam sudlangan shaxs qayta jinoyat sodir etdi.
2021 yil 1 oktyabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 1 oktyabr' kuni soat 12:00 larda noma'lum shaxs, Namangan shahrida joylashgan “Chorsu” dehqon bozorida savdo qilayotgan vaqtida rasta ustida qarovsiz qoldirgan narxi 1.500.000 so‘mlik “Samsung Galaxy A-3” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Andijon viloyati Andijon tumanida yashovchi, 2017 yil O‘z.R JKning 122-moddasi 1-qismi bilan sudlangan, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 3 oktyabr kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati