Muqaddam sudlangan shaxs o‘g‘irlikka qayta qo‘l urdi.
2021 yil 29 iyul' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil iyun' oyida noma'lum shaxs, Yangiqo‘rg‘on tumani hududida joylashgan uyali aloqa vositalariga pul tushirish markazidan narxi 1.800.000 so‘mlik “Samsung A10” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Yangiqo‘rg‘on tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2020 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 8 avgust kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati