30 Mart 2022 yil 465

Muqaddam sudlangan shaxs o‘g‘irlik jinoyatini sodir etganligi aniqlandi.

2022 yil 29 mart kuni Davlatobod tumani IIB JQB boshlig‘i, tezkor vakili va shahar EKB katta eksperti tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, Navbatdagi o‘g‘irlik jinoyati fosh etildi.

Namangan shahar Davlatobod tumani Yuksalish MFY yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalanib, xonadon eshigini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, seyf ichidan 1.500.000 so‘m puli va 300 AQSH dollarini o‘g‘irlab ketgan shaxs, 2018 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro ekanligi aniqlanib, belgilangan tartibida ushlangan.

Gumonlanuvchidan tegishli ko‘rgazmalar olingan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech