Muqaddam o‘g‘irlik jinoyati bilan sudlangan shaxs yana shu ishga qo‘l urdi
Joriy yil 8 dekabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 7 dekabr' kuni Lasetti rusumli avtomashinasini Namangan shahrida joylashgan savdo markazi oldiga qo‘yib, savdo qilgani kirib ketgan vaqtida noma'lum shaxs, avtomashina eshigini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, salonida bo‘lgan 8.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB EKB katta eksperti tomonidan avtomashinani ko‘zdan kechirish davomida, 5 dona qo‘l barmoq izlari olinib, viloyat IIB EKBda mavjud bo‘lgan shaxsni identifikasiya qilish tizimida tekshirilganida, ushbu qo‘l barmoq izlaridan 1 donasi, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 2019 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroni chap qo‘l ko‘rsatgich barmog‘iga mos kelganligi aniqlanib, Namangan shahar IIO FMB 1-sonli IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan va Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etilganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 9 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati