Muqaddam o‘g‘irlik jinoyati bilan sudlangan shaxs yana o‘g‘irlikka qo‘l urdi.
2021 yil 5 oktyabr' kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 5 oktyabr' kuni soat 17:00 larda noma'lum shaxs, Davlatobod tumani hududida joylashgan bolalar musiqa va san'at maktabi sinfxonasida bo‘lgan sumkasidan 500.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB Davlatobod TIIB JQB boshlig‘i va tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2017 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 7 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati