Muqaddam o‘g‘irlik jinoyati bilan sudlangan shaxs qayta shu yo‘lga kirdi
2021 yil 4 avgust kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 09:00 larda, mahallasi hududida joylashgan dala maydonidagi ekinlaridan xabar olish uchun borib, o‘ziga tegishli bo‘lgan narxi 1.000.000 so‘mlik velosipedini dala maydoni chetida qarovsiz qoldirganligidan foydalangan noma'lum shaxs velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan tuman IIB JQB boshlig‘i, tezkor vakillari va TEQKG tezkor vakili hamda HPMB katta profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan tumanida yashovchi, 2013 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 4 avgust kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati