19 Aprel 2022 yil 408

Muqaddam o‘g‘irlik jinoyati bilan sudlangan shaxs qayta shu “ko‘cha”ga qadam qo‘ydi.

2022 yil 3 mart kuni Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 20:00 larda, yashash xonadoniga nomaʼlum shaxs ochiq qoldirilgan darvoza orqali kirib, yotoqxonasidan jami 1.500.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilgan.

Uchqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakili va EKG katta eksperti tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2021 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

O‘tkazilgan tergov harakatlari natijasida, gumon qilinuvchi arizachiga tegishli mol-mulklarni o‘g‘irlagan vaqtida uy egasini birga yashovchi kelini ko‘rib qolganligini, lekin fuqaro jinoiy harakatlarini davom ettirib, ushbu mulklarni ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan qochib ketganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 4 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi O‘z.R JKning 166-moddasi 3-qismiga qayta malakalangan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech