Muqaddam o‘g‘irlik jinoyati bilan sudlangan shaxs qayta shu ishga qo‘l urdi.
Joriy yil 11 iyul' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Namangan shahar Davlatobod tumani Shishaki MFY Ibn Sino ko‘chasida joylashgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasiga devor oshish yo‘li bilan kirib, u yerda bo‘lgan umumiy narxi 5.355.000 so‘mlik bir dona payvandlash uskunasi, balgarka, drel, klyuchlar jamlanmasi, elektr kabelini, ustaxonaga ta'mirlash uchun olib kelingan Damas rusumli avtomashinaning old o‘rindig‘i pribori hamda VAZ-2106 rusumli avtomashinani
3 dona ballonlarini, bir dona akkumulyatorini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Davlatobod tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2018 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan sudlangan,
1998 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etkanligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati