Muqaddam o‘g‘irlik bilan sudlangan shaxs yana shu jinoyatni takrorladi
2023-yil 24-iyul kuni Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1965-yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 14:00 larda nomaʼlum shaxs yashash xonadonida hech kim yo‘qligi va darvoza eshigi ochiqligidan foydalanib kirib, hovlisida bo‘lgan narxi 500.000 so‘mlik velosipedini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib chora ko‘rishni so‘ragan. Namangan shahar IIO FMB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi, 2021-yilda JKning 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1973-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Undan ashyoviy dalil olingan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati