3 Yanvar 2022 yil 573

Muqaddam jinoyat sodir etgan shaxsning navbatdagi qilmishi...

2021 yil 29 dekabr' kuni, Chust tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, yashash uyi hovlisiga tomorqa eshigini buzish yo‘li bilan kirib, qo‘yxonasida bo‘lgan narxi 4.000.000 so‘mlik 4 bosh qo‘ylarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Chust tuman IIB JQB tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektori hamda viloyat IIB YHXB inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chust tumanida yashovchi, 2021 yilda O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan sudlangan, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 30 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech