9 Sentyabr 2020 yil 1023

Munosiblar taqdirlandi.

Namangan viloyati IIBning saf maydonida Vatanimiz tinchligi va el-yurt osoyishtaligini ta'minlash yo‘lidagi ko‘p yillik fidokorona xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurash va uni oldini olish borasidagi samarali mehnatlari, O‘zbekiston Respublikasi hududida “COVID-19” pandemiyasini tarqalib ketishini oldini olish borasida o‘z xizmat burchiga vijdonan yondoshganliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 29 yillik bayrami munosabati bilan 23 nafar xodimlar mukofotlandilar. Unga ko‘ra Mamlakatimiz Qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi xizmatlari milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta'minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatganligi uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan 1 nafar xodim "Sodiq xizmatlari uchun", ikki nafar xodim "Shuhrat" medali bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, 1 nafar xodim “A'lo xizmatlari uchun” 3 nafar xodim I darajali, 3 nafar xodim, 2 darajali, 7 nafar xodim esa 3 darajali  “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishonlari bilan mukofotlanishdi.

Namangan viloyati hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish, qonun buzilishini oldini olishda o‘z xizmat vazifasiga vijdonan va sidqidildan yondoshib, fuqarolar orasida ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan bo‘lgan ishonchning mustahkamlanishiga munosib xissa qo‘shib, hamda korrupsiyaning oldini olishda faol ishtirok etib, yuqori kasb mahoratini namoyon etganligi uchun Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, yo‘l-patrul' xizmati inspektori safdor Ergashev Dostonbek Nu'monjon o‘g‘li 3.000.000 so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi. Xodimning ota-onasiga esa Ichki ishlar boshqarmasining tashakkurnomasi topshirildi. Shuningdek, xodimlar vazirlikning faxriy yorlig‘i, esdalik qo‘l soati, va pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.  “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq, 2 nafar xodimga rag‘batlantirish tariqasida navbatdagi maxsus unvon va birinchi maxsus unvonlar taqdim etildi.

Tadbir so‘ngida boshqarma boshlig‘i va faxriy xodimlar so‘zga chiqib, ushbu mukofotlar davomiy bo‘lishi uchun bundanda mas'uliyat va shijoat bilan ish olib borish hamda boshqa xodimlarni ham o‘z saflariga qo‘shish uchun o‘rnak va namuna bo‘lmoq lozimligi ta'kidlandi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech