18 Sentyabr 2021 yil 710

Muhokamadan so‘ng murojaatlar tinglandi.

Joriy yil 15 sentyabr' kuni soat 23:20 larda Yangiqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1999 yilda tug‘ilgan A.X. shu tumanda yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan qiz G.O. bilan avvaldan o‘zaro ishqiy munosabatda bo‘lganligi sababli uning yashash uyiga uchrashuvga kelib, yashash xonasi ichki qismida gaplashib o‘tirgan vaqtida, G.O.ning birga yashovchi ukasi, 2003 yilda tug‘ilgan E.O. kelib qolib, g‘azablanib, A.X.ni qasddan o‘ldirish maqsadida, uni ortidan 150 metr masofaga quvlab borib, mahalla hududida joylashgan avtomobillarga yonilg‘i quyish shahobchasi oldida unga yetib olib, bir musht urib, qo‘lida bo‘lgan pichoq bilan o‘ng quloq orqa tomoniga bir marotaba urgan.

Natijada, A.X. olgan og‘ir tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan 2021 yil 16 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, E.O. O‘z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Namangan viloyati IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari polkovnik A.I.Ataxodjaev voqea sodir bo‘lgan hududga borib, mas'ullar va aholi bilan hodisaning muhokamasini o‘tkazdi. Unda boshqarma boshlig‘i ayanchli voqeaga sabab bo‘lgan holatlar haqida ma'lumot berib, yig‘ilganlardan atrofdagi voqea hodisalarga befarq qaramaslik, qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘y bilan yosh-avlodni namunali tarbiyalashda daxldorlik hissi bilan yashash kerakligini ta'kidladi.

Yigit va qizning ishqiy munosabati bir yosh yigitni panjara ortiga joylagan bo‘lsa, ikkinchining umrini xazon qilgani kuyunib gapirildi.

Bundan tashqari sektor rahbari muhokamaga yig‘ilgan fuqarolarning mavjud muammo va shikoyatlarinin tinglab, ularga yechim topish uchun mas'ullarga tegishli tartibda topshiriqlar berdi. Murojaatlar ichida ishga joylashish va imtmyozli kredit olishda ko‘mak so‘raganlar ko‘pchilikni tashkil etdi. Sektor rahbari ushbu fuqarolarning arizalarini joyida qanoatlantirib, ularga yordam berish uchun mutasaddilarni biriktirdi. Ayrim murojaatlarning ijrosi esa alohida nazoratga olindi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech