18 Iyun 2025 yil 393

Muqaddam giyohvand moddasi sotib, sudlangan og‘ufurush qo‘lga olindi

Joriy yilning 27-may kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2025” tezkor-profilaktik tadbiri davomida, Norin tumani IIB xodimlari tomonidan, Norin tumani, “Yaydoq” mahallasida yashovchi, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi bilan sudlangan, 1974-yilda tug‘ilgan, fuqaro A.Sh tanishiga sof og‘irligi 1,24 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida ushlangan. Shuningdek, yashash xonadoni ham tekshirilganida sof og‘irligi 6,95 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 3-qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech