MTM ishchisi do‘kondagi shirinliklarni o‘g‘irlab ketdi.
Shu yil 5 yanvar' kuni, Pop shahrida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Pop shahar hududida joylashgan shirinliklar do‘koni eshigi oynasini sindirib kirib, umumiy narxi 1.981.000 so‘mlik shirinlik va salqin ichimliklarni o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Pop tuman hududida o‘tkazilayotgan “Chegara-Tozalash” tezkor profilaktik tadbiri davomida, tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni tumandagi MTMda o‘t yoquvchi bo‘lib ishlovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 5 yanvar' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati