17 Iyul 2021 yil 414

Motosikl ikki piyodani urib ketdi.

Joriy yil 7 iyul' kuni soat 21:30 larda, G‘urumsaroy-Chodak-Guliston yo‘lining 36 km.da, Pop tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro Ural rusumli motosiklini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘l chetida turgan, Uychi tumanida yashovchi, 2001 va 1996 yilda tug‘ilgan fuqarolarni urib yuborgan.
Natijada, piyodalar bel sohasini lat yeyishi va o‘tirg‘ich suyagining sinishi tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilganlar.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 16 iyul' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech