29 Oktyabr 2020 yil 478

Mol va qo‘ylar o‘g‘risi topildi.

Shu yil 27 oktyabr' kuni Chust tumanida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Chust tumani hududida joylashgan dala hovlisidagi qo‘yxonasidan narxi 3.000.000 so‘mlik 3 bosh qo‘ylarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Tuman IIB JQB tezkor vakillari va HPG profilaktika inspektorlar tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chust tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Bundan tashqari ushbu fuqaro o‘zining jinoiy harakatini davom ettirib, shu kuni Chust tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaroni mahallasi xududidagi dala maydonida qarovsiz qoldirgan narxi 7.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech