26 Iyun 2021 yil 243

Mol o‘g‘risi ushlandi.

Shu yil 23 iyun' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 23 iyun' kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Yangiqo‘rg‘on tumani hududidagi dala maydonida qarovsiz qoldirgan narxi 12.000.000 so‘mlik ikki bosh mollarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 24 iyun' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech