Mol o‘g‘risi qo‘lga tushdi.
2021 yil 28 iyun' kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 27 iyun' kuni soat 14:30 larda noma'lum shaxs, yashash hovlisining orqa tomonida qoziqqa bog‘lab qo‘yilgan narxi 5.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan tuman IIB TEQKG tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi,
1978 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 28 iyun' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati