1 Iyul 2023 yil
370
Mobil ilova orqali sodir etilgan o‘g‘irlik fosh etildi
Norin tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, shu yil 30-aprel kuni Norin tumanida yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan fuqaroning “TBC BANK” bankidan rasmiylashtirilgan bank plastik kartasidan “UZUMBANK PEREVOD” mobil ilovasi orqali 3.111.000 so‘m pullarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan 2 nafar shaxs sodir etganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan JKning 169-moddasi 3-qismi bilan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati