Mingbuloq tuman IIB tomonidan ayollar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi 561-sonli Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 3-sonli Qarori va IIVning tegishli buyruqlari ijrosini taʼminlash maqsadida Mingbuloq tumani hududida joriy yilning 2 oy davomida 63 nafar xotin-qizlarga himoya orderi berildi.
Tuman prokuraturasining tashabbusi bilan tuman hokimligi, Ichki ishlar bo‘limi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tazyiq va zo‘ravonliklardan jabrlangan xotin-qizlarni bandligini taʼminlash maqsadida tuman madaniyat markazida "Mehnat yarmarkasi" tashkil etildi. Yarmarkaga tashrif buyurgan ayollarning 5 nafarini ishga joylashtirish va 7 nafarini kasbga o‘qitish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan kelishib olindi.
Jalb etilgan tibbiyot xodimlari va shifokorlar tomonidan 8 nafar xotin-qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish choralari ko‘rildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati