18 Avgust 2025 yil 76

Mingbuloq tumanida “qizil” toifadagi mahallalarda o‘rganish ishlari olib borildi

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruh hafta davomida Chust va Pop tumanlarida olib borilgan o‘rganishlardan so‘ng, navbatdagi ishlarini Mingbuloq tumanida davom ettirdi.

O‘rganishlar jarayonida ishchi guruh tuman hokimi bilan birgalikda “Birlashgan”, “Mehnatobod” va “Oybek” mahallalarida bo‘lib, yettilik aʼzolari hamda mahallaga biriktirilgan masʼullarning faoliyati atroflicha o‘rganildi. Hisobotlar tinglanib, mavjud kamchilik va muammolar yuzasidan aniq tahlillar o‘tkazildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tuman hokimligi va masʼul rahbarlarga kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, tuman hududida “qizil” toifadan PQ-1-son Qaroriga muvofiq manzilli ishlar va profilaktik tadbirlar olib borilishi natijasida “sariq” va “yashil” toifaga o‘tgan mahallalarning ijobiy tajribasini keng ommalashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Kriminogen vaziyatni barqaror holda saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech