27 Oktyabr 2025 yil 151

Mingbuloq tumanida ichki ishlar bo‘limi xodimlarining tungi faoliyati o‘rganildi

Jinoyatchilikka qarshi kurashish, aholi osoyishtaligini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash ichki ishlar organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda, boshqarma rahbariyati tomonidan joylarda olib borilayotgan o‘rganishlar doirasida Mingbuloq tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlarining tungi xizmat faoliyati tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida boshqarma boshlig‘i tumanda bo‘lib, jamoat xavfsizligini taʼminlashga jalb etilgan tungi naryadlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, “Agrobank” tuman filialida xavfsizlikni taʼminlayotgan qo‘riqlash xizmati hamda “Qo‘riqobod” mahallasi profilaktika inspektorining xizmat faoliyati ham ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida tomonidan xodimlarga fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, profilaktika ishlarini samarali tashkil etish va xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Shu bilan birga, xizmat jarayonida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar yuklatildi.

Bunday o‘rganishlar ichki ishlar organlari tizimida xizmat samaradorligini oshirish, jamoat xavfsizligini taʼminlash va fuqarolarning tinch hayotini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech