Mingbuloq tumanida xonadondan o‘g‘irlangan pul mablag‘lari shaxsni identifikatsiya qilish tizimi orqali aniqlandi.
2022 yil 29 oktyabr kuni, Mingbuloq tumani Birlashgan MFYda yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Ariza muallifi shu kuni soat 09:00 dan soat 16:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs, yashash hovlisiga devor oshib kirib, xonadonidagi sandiq ichida bo‘lgan 2.600.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Mingbuloq tumani IIB EKG katta eksperti tomonidan voqea joyidan olingan 6 dona qo‘l barmoq izlari viloyat IIB EKMda mavjud bo‘lgan shaxsni identifikatsiya qilish tizimida tekshirildi. Ushbu qo‘l barmoq izlaridan 4 donasi, Andijon shahar Tojik ko‘chasida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan shaxsning barmoq izlariga mos kelganligi maʼlum bo‘ldi. Mingbuloq tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etganligi aniqlangan.
Namangan viloyati IIB axborot xizmati