Mingbuloq tuman prokurorining tuman aholisiga murojaati
Aziz yurtdoshlar, tumanimiz mehmonlari!
Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari va bevosita rahbarligida barcha sohalarda misli ko‘rilmagan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlarga, aholining turmush darajasi keskin o‘sib borayotganiga har birimiz birdek guvoh ham bo‘lmoqdamiz.
Prezidentimiz ana shu yangilanish, o‘zgarishlar samarador bo‘lishining kafolati sifatida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, buning uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tardilar.
Zero, bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda qonun talablariga so‘zsiz rioya etishga, jinoyatchilik kabi illatning oldini olishga bevosita bog‘liqdir.
Aziz Mingbuloq tuman ahli!
“Yangi O‘zbekiston”da huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish ana shunday umummilliy dolzarb vazifaga aylantirildi.
Mingbuloq tumanidagi kriminogen vaziyat biznes muhitiga katta ta'sir ko‘rsatadi, uning o‘ziga xos, alohida yondashuv talab etadigan xususiyatlari bor.
Tumanimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning yangi mexanizmlari joriy etilayapti.
Bu ishlarimiz kundalik hayotda ham ko‘rinayapti, jinoyatlar uchun jazo muqarrarligini taminlash vazifasi qanchalik muhim bo‘lsa, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarini bartaraf qilish ham birdek muhimdir.
Shu bois, tumanning har bir ko‘chasida, mahallasida, bozorida, istirohat bog‘ida, jamoat joyida xavfsiz muhitni yaratish choralari ko‘rilayapti.
Qadrli yurtdoshlar!
Biz jinoyatchilikni jilovlashdek katta maqsadlarni o‘z oldimizga qo‘yganmiz.
2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son Qarori asosida jinoyatlarning sabablarini “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish tartibi, mahallalarni kriminogen darajasida toifalash tizimi, “mahalla yettiligi” instituti, “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini amalga oshirish orqali aholida xavfsizlik hissini shakllantirish borasida qator chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qarorga muvofiq har bir mahallada huquqbuzarlikning erta oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etildi, mening rahbarligimda tuman prokuraturasida idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Qaror ijrosi doirasida tumandagi jami 40 ta mahallaning kriminogen vaziyati og‘ir xamda qizil toifadagi 5 ta maxallalarga masʼul rahbarlar nomma-nom biriktirilgan.
Barcha tuman va mahallalarning choraklik manzilli chora-tadbirlar “yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi.
“Yo‘l xaritasi” ijrosi yuzasidan yil boshidan mahallalardagi aholi gavjum joylarga 200 ta, ko‘p qavatli uylarning hovlisiga 360 daraja aylanuvchi 6 ta, mahallalarning asosiy kirish-chiqish joylariga 55 ta, bozor va savdo markazlariga yuzni va avtomobil raqamini tanib oluvchi 8 ta, jami bo‘lib 269 ga yaqin kameralar, ko‘p qavatli uylarning eshiklariga 55 dan ortiq domofonlar, uylarning kirish yo‘laklariga 15 dan ortiq tashvish tugmalari o‘rnatildi, 59 ta savdo muassasalari va qariyb 343 ta xonadonlar tezkor qo‘riqlovga olindi.
Mahallalarda fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi “Hudud kamera nazoratida!”, “Obyekt qo‘riqlovda!” hamda “Xonadon qo‘riqlovda!” kabi jami 320 ga yaqin stikerlar joylashtirildi, mahallalarda 55 ta “namunaviy xavfsiz ko‘cha” hamda 120 ta “namunaviy xavfsiz yo‘lak” tashkil etildi, ichki yo‘llar va ko‘chalar 280 ta yoritish vositalari bilan taʼminlandi.
Misol uchun, yil boshidan beri tumanda o‘rnatilgan kameralar yordamida qidiruvda bo‘lgan 1 nafar, jazodan bo‘yin tovlab kelayotgan probatsiya hisobidagi 2 nafar shaxslar hamda 57 ta xuquqbuzarlik xolatlari aniqlandi. Shuningdek, bedarak yo‘qolgan 2 nafar shaxslar topilib, 6 ta jinoyatlar “issiq izi”dan fosh etildi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida “qizil” toifada qolgan 3 ta mahallalarning 2 tasida kriminogen vaziyat saqlanmoqda.
Qarorga asosan hududlarda kriminogen vaziyat hamda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha kunlik so‘rov va o‘rganishlarni yo‘lga qo‘ydik.
Bunda, kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning jinoyat o‘choqlari joyida o‘rganilmoqda, misol uchun, tuman mahallalarida sodir etilgan 18 ta oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, tegishli prokuror taʼsir choralari qo‘llanildi.
Hududlarda sodir etilgan jinoyatlar xususiyatini inobatga olgan holda, yo‘l xaritalari ham ishlab chiqildi.
Tumanda jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish bo‘yicha kuchaytirilgan ish tartibini joriy etdik.
Bu borada viloyat prokurori farmoyishi qabul qilib, barcha tezkor xodimlar 40 ta mahallalarga nomma-nom biriktirildi.
Har bir sohaga doir targ‘ibot ishlari bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilib, tarqatildi.
Endilikda, biriktirilgan xodimlarimiz jinoyatlarning omil va sabablarini o‘rganishdan tashqari o‘sha hududda amaliy tadbirlarni ham o‘tkazadi.
Biz endilikda muammoning tub negizigacha yetib borib, “mahalla prokurori” degan yondashuv bilan ishlaymiz.
Endi eʼtiboringizni huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha dastlabki bajarilgan ishlar va tahlillarning natijalariga qaratsam.
Birinchi, jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati samaradorligini oshirishda sohaviy nazorat kuchaytirildi.
Jumladan;
2025-yilda 6 oyi davomida Mingbuloq tumanida 135 ta jinoyatlar (84) sodir etilgan.
2025-yil 6 oyida Mingbuloqda umumiy jinoyatlar 60,7 foizga (84 /135) ko‘paygan.
Jami jinoyatlarning:
-36 tasi (27,6 foizi) oldi olinishi lozim bo‘lgan;
-46 tasi (34,1 foizi) aniqlangan;
-53 tasi (39,2 foizi) AKT yordamida sodir etilgan jinoyatlarni tashkil etadi.
2025-yil 6 oyida umumiy jinoyatlar (AKT jinoyatlardan tashqari) 2,4 foizga (84 /82) kamaygan.
Mingbuloq tumanida umumiy (AKT jinoyatlardan tashqari) (82 ta) jinoyatlarning 36 tasini (44,%) oldi olinishi mumkin bo‘lgan 11 ta turdagi jinoyatlar tashkil etib, ularning soni avvalgi yilga nisbatan (48/36) kamaygan.
Oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyat turlaridan:
-og‘ir TJE 100 foizga (0/2);
-o‘g‘rilik 12,5 foizga (16/18) oshgan.
-o‘lim bilan bog‘liq yo‘l transport hodisasi (3/3) kamaymagan.
-bezorilik 80 foizga (5/1);
-firibgarlik 62,5 foizga (8/3)
-o‘rtacha tan jarohati yetkazish 100 foizga (2/0);
-yengil tan jarohati yetkazish 100 foizga (4/0);
-jami yo‘l transport hodisasi 25 foizga (8/6) kamaygan.
Qotillik, bosqinchlik, talonchilik, transport vositalarini olib qochish hamda nomusga tegish jinoyatlari sodir etilmagan.
Shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar:
-voyaga yetmaganlar 50 foizga (2/3);
-guruxlar tomonidan 50 foizga (4/6);
-ishlamaydiganlar 100 foizga (0/3) oshgan.
-ayollar (2/2) kamaymagan.
-mast holda 80 foizga (5/1);
-yoshlar 16,7 foizga (12/10)
-muqaddam sudlangan 33,3 foizga (3/2); kamaygan.
Har 100 ming aholi soniga jami jinoyatlar Mingbuloq tumanida o‘rtacha 96,57 tadan to‘g‘ri kelgan. (14-o‘rin).
(Namangan viloyatida 141,5, ta, Respublika bo‘yicha 149,7 ta).
Axborot texnologiyalari yordamida sodir etilgan jinoyatlar soni 50 taga (3/53) yoki 100 foizga oshgan.
Ushbu jinoyatlarning asosiy salmog‘ini (96,2%) o‘g‘rilik (53 tadan 30 ta, 56,6 %), va firibgarlik (53 tadan 21 ta, 39,6 %) jinoyatlari tashkil qilgan.
So‘nggi yillarda bu toifadagi jinoyatlar, bir necha baravarga ko‘paydi. Ilgari bunday jinoyatlarga qarshi ishlaydigan tizim bo‘lmagan.
Shu sababli, aholimizdan firibgarlik qurboni bo‘lmaslik uchun, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali kelayotgan turli xil feyk xabarlardan ehtiyot bo‘lishlarini hamda bank kartalari va hisob raqamlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni sir saqlashni so‘rab qolamiz.
Aziz tumandoshlar!
Shu o‘rinda, kriminogen vaziyatga taʼsir ko‘rsatuvchi oila-turmush darajasidagi jinoyatlarsabablari va ularning oldini olish borasidagi ishlar haqida ham gapirmoqchiman.
Xususan, oila va turmushda sodir etilgan huquqbuzarliklarga oilaviy-maishiy muammolar asosiy sabab bo‘lganligi aniqlandi.
Shu sababli notinch, ajrim yoqasidagi oilalarning mavjud muammolarini bartaraf etish bo‘yicha boshqa idoralar va keng jamoatchilikni jalb qildik.
Natijada, o‘tkazilgan o‘rganishlarda kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda 234 ta ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlar aniqlanib, ularning muammolarini hal qilish bo‘yicha 206 ta choralar ko‘rildi.
Bulardan tashqari, 1.535 nafar ishsizlardan 1033 nafari ishga joylashtirildi, 392 nafari kasbga o‘qitildi, 502 nafari esa, kasbga yo‘naltirildi.
Ushbu jarayondan muqaddam sudlangan va maʼmuriy nazoratdagi shaxslar ham chetda qolmadi.
Ularning 2 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 3 nafarining bandligi taʼminlandi, 5 nafarining ijtimoiy muammolari hal etildi.
Yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik masalasiga umummillat ishi deb yondashib, barcha birgalikda jon kuydirishi kerak.
Faqat jinoyat uchun jazoni taʼminlash bilan ovora bo‘lib, jinoyatlarning sabab va omillarini ko‘zdan qochirsak oqibati yomon bo‘ladi.
Shu kabi, voyaga yetmaganlar jinoyatiga favqulodda holat sifatida qaralib, ularga taʼlim va tarbiyani berishda majburiyatlarini bajarmagan ota-ona hamda yashash va o‘qish joylaridagi (mahalla yettiligi) mutasaddilarining javobgarligi kuchaytirildi.
Taʼlim muassasalari va jamoat joylarida masʼullar profilaktik (davomat, tig‘ va reyd) tadbirlarida muntazam dars qoldiruvchi 42 nafar, tarbiyasi og‘ir 48 nafar o‘quvchilar aniqlandi. Ularning 80 nafari maktablarga qaytarildi.
Qolaversa, hokimlik va mahalla faollari bilan birgalikda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan hamda boquvchisini yo‘qotgan bolalarning 12 ta muammosi hal qilindi.
Maktabgacha va maktab taʼlim muassasalarining kirish-chiqish joylariga xavfsizlikni taʼminlovchi 29 ta zamonaviy kameralar o‘rnatildi.
Hurmatli fuqarolar!
Juda ko‘p masalalarda ish uslublarimiz o‘zgarishi zarur, buning ustida ishlayapmiz. Prezidentimiz talab qilayotgan, jinoyatlarning oqibatlari emas, ularning sabablarini, huquqbuzaliklarga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf qilishni ustuvor vazifa deb xalq bilan birgalikda harakat qilishimiz kerak.
Buning uchun, har bir mahalla, xonadongacha tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlashga eʼtiborimizni kuchaytiramiz, jinoyat sodir etgan va bunga moyilligi bor fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, “fuqarobay” ish tizimini joriy qilamiz.
Huquqbuzarlik va jinoyatga sabab bo‘layotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va psixologik muammolarni hal qilishga, har bir fuqaroda “jinoyatchilikka qarshi immunitet”ni bolalikdan shakllantirishga alohida eʼtibor qaratamiz.
Aziz hamyurtlar!
Jinoyatlarga qarshi kurashda prokuratura organlari, ko‘mak va hamkorlikda jinoyatlarning har qanday ko‘rinishiga chek qo‘yishga kafolat beradi.
Shunday ekan aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga hamda ularni bartaraf etishga faol hamkorlikka chaqiramiz.
Shuni yana bir bor alohida qayd etamanki, jinoyatning har qanday ko‘rinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga, jinoyatga qo‘l urganlarga nisbatan jazoning muqarrar taʼminlanishiga shaxsan kafolat beraman.
Mingbuloq tumani prokurori U.Akbarov